Uzum va Altegio’dan biznesni avtomatlashtirish paketi

O‘zbekistonda go‘zallik biznesining o‘sishi uchun yaratilgan bozordagi birinchi mahsulot

Taklifga nimalar kiradi

Uzum Bankdan moliyaviy yechimlar

To‘lovlarni qabul qilish vositalarini sozlash

Uzum Bank barcha mavjud to‘lov usullarining ishlashini ta’minlaydi: karta, QR, muddatli to‘lov, onlayn oldindan to‘lov

Ekvayring uchun qulay shartlar

Biznes uchun ekvayringa chegirmalar va QR yoki Uzum kartasi orqali to‘lovlarni qabul qilganda 0% gacha tariflar

Butun summani darhol olish

Agar mijozlar bo‘lib to‘lashsa ham, Uzum Bank sizga to‘liq summani darhol o‘tkazib beradi

Uzum ekotizimi bilan integratsiya

Mijozning o‘zi tanlaydi: darhol to‘lov qilish, oldindan to‘lab qo‘yish yoki to‘lovsiz tashrifni rasmiylashtirish Клиент сам выбирает: оплатить сразу, внести предоплату или оформить визит без оплаты

Biznes nimalarga ega bo‘ladi:

Avtomatlashtirish, mijozlar sadoqati va ekvayring hamda bo‘lib to‘lash bo‘yicha maxsus shartlar orqali daromadni oshirish imkoniyati

Tez o‘sish uchun mukammal sharoitlar

Go‘zallik biznesi uchun maksimal
foyda va past komissiyalar

Go‘zallik xizmatlari uchun QR-kod orqali to‘laganda 0 - 0,4% ekvayring
(go‘zallik saloni, klinika va boshqalarda)

1% o‘rniga 0% – Uzum Visa kartasi bilan,
1% o‘rniga 0,4% – Uzcard/Humo kartalari bilan
(go‘zallik xizmatlari uchun, muddatli to‘lovsiz to‘laganda)

5% o‘rniga 3% – go‘zallik xizmatlari mijozlari uchun muddatli to‘lov
(va 30 kunlik ustamalarsiz imtiyozli davr)

Barcha Altegio litsenziyalariga -30% chegirma
(biznesni avtomatlashtirish va rivojlantirish uchun)

Altegio funksionali

Biznes mijozlari uchun
onlayn yozilish

Mijozlar Instagram, WhatsApp, Telegram, 2GIS, Google, Yandex xaritalari yoki sayt orqali 24/7 yozilishadi. Bu tizim hatto kechasi ham yangi mijozlarni olib keladi va xodimlar jadvalini samarali to‘ldiradi

Avtomatik eslatmalar

SMS, WhatsApp va push-xabarnomalar tashriflarni 70% gacha oshiradi, administratorlarning vaqtini tejaydi va mijozlarga logotipingiz bilan qulay shaklda eslatmalar yuboradi

Xodimlarni boshqarish

Yozilish va grafiklarning yagona elektron jurnali. Smenalarni boshqarish, xodimlarning bandligini nazorat qilish, har bir soatning maksimal samaradorligini ta’minlash. Hatto siz dam olayotgan paytda ham

Moliya va ombor hisoboti

To‘lovlar va maoshlarni avtomatik hisoblash, shaffof hisobotlar, tovar qoldiqlarini nazorat qilish. Pul va mahsulotlar harakati to‘liq ko‘rinishda

Uzum va Altegio’dan biznesingiz uchun noyob taklif

30% chegirma bilan birinchilardan bo‘lib ulang